Gazetaning Crown Estate kompaniyasi ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, Uest-End rayonidagi ko‘chmas mulk qiymati atigi 1,7%ga, 14,3 mlrd funtgacha oshgan). Bu 2009 yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. London tashqarisidagi qirollik mulklari narxi esa hattoki 7%ga tushib ketgan.
Ammo yakuniy natijalarga qirollik portfelining asosini tashkil etuvchi energetika va infrastruktura narxining 14%ga oshishi sezilarli ta'sir ko‘rsatgan. Britaniya qirollik oilasiga Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiyadagi shelflarning dengiz tubidagi uchastkalari tegishli bo‘lib, ular shamol turbinalari o‘rnatish uchun energetika guruhlariga ijaraga beriladi.
Qonunchilikka ko‘ra, qirollik mulklari boshqaruvidan tushgan barcha daromad davlat g‘aznasiga tushadi, ikki yildan so‘ng esa monarx 15% miqdoridagi o‘z ulushini oladi. Nashrning yozishicha, keyingi o‘n yil davomida qirollik mulki davlatga 2,8 mlrd funt sterling ($3,56 mlrd) foyda keltirgan.











