Uchrashuv 3 soat 1 daqiqa davom etgan.
2018 yilda ham ushbu tennischilar finalda uchrashishgan va unda ham Nadalning qo‘li baland kelgandi.
33 yoshli ispan “Katta dubulg‘a”ga kiruvchi bir musobaqani 12-marta yutgan ilk tennischiga aylandi.
Ushbu unvon Nadalning faoliyatidagi 82-unvoni va joriy mavsumdagi ikkinchisi bo‘ldi.
Ispaniyalik tennischi Rojyer Federerdan keyin “Katta dubulg‘a” musobaqalarini eng ko‘p yutgan 2-raqamli tennischi (18 ta unvon) bo‘lib qolmoqda.











