"Har bir jinoyat ishi uchun doimo munosib javob bo‘ladi", -deya qayd etgan Zelenskiy shtabi.

Zelenskiyning vakillari jurnalist Aleksandr Dubinskiyning Kiyev okrug ma'muriy sudiga prezident va parlament saylovlaridan so‘ng Pyotr Poroshenko, prezident administratsiyasi rahbari Igor Raynin va "Pyotr Poroshenko bloki" fraksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Igor Kononenkolarga bir yil davomida mamlakatni tark etishni taqiqlash to‘g‘risidagi murojaatini ana shunday izohladi. 

Hozirda sud mazkur da'vo bo‘yicha ish ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq Zelenskiy o‘z shtabida 20ta yirik korrupsiyaga qarshi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. U korrupsiyani Ukrainaning asosiy muammolaridan biri deb e'tirof etgan va mutaxassislarni bu muammoni birgalikda hal qilishga chaqirgan.

Politeka nashrining xabar berishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish markazi rahbari Vitaliy Shabunin uchrashuv vaqtida hozirgi hukumat davrida davlat budjetidan katta miqdorda mablag‘ o‘g‘irlangani haqida ma'lum qilgan.