Chorshanba oqshomida Milandagi «San Siro»da Italiya kubogining ilk finalchisi aniqlandi – mehmon «Latsio» yagona gol evaziga «Milan»ni mag‘lub etib, oxirgi uch mavsumda ikkinchi marotaba kubok finaliga chiqdi.
Fevral oyi oxirida Latsioda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgandi. Milandagi o‘yin taqdirini esa 58-daqiqadagi qarshi hujumda Chiro Immobilening pasidan keyin darvozani ishg‘ol etgan Xoakin Korreaning yagona goli hal etdi.
#CoppaItalia 🇮🇹| ¡A la final por el Tucu! Joaquin Correa 🇦🇷 marcó el gol de la #Lazio para vencer 1-0 al #Milan y así meterse en la final del torneo 👏🏽 pic.twitter.com/NCDWV56pHl
— Zona 10 (@Zona10_ok) April 24, 2019
Simeone Inzagi jamoasi hal qiluvchi bahsda «Atalanta»-«Fiorentina» juftligi g‘olibiga to‘qnash keladi. Florensiyadagi ilk o‘yinda 3:3 hisobini qayd etgan jamoalar bugun Bergamoda javob bahsini o‘tkazishadi.
Qayd etish kerak, «Latsio» o‘z tarixida 9 marta mamlakat kubogi finalida o‘ynab, ulardan 6tasida g‘olib bo‘lgan. Jamoa 2017 yilda ham oxirigacha yetib borib, «Yuventus»ga 0:2 hisobida yutqazgan edi.
Italiya kubogi finali 15 may kuni Rimdagi «Stadio Olimpiko»da bo‘lib o‘tadi.
Italiya kubogi
1/2 final javob uchrashuvi, 24 aprel
Milan – Latsio 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 58 Korrea.
Milan – Reyna, Kaldara (Kutrone, 65), Romanoli, Kalabriya (Konti, 40), Musakko, Bakayoko, Laksalt, Kastilexo (Chalxanoglu, 57), Kessie, Suso, Piontek.
Latsio – Strakosha, Luis Felipe, Acherbi, Bashtush, Romulo, Luis Alberto (Badel, 85), Lulich, Korrea (Kaysedo, 75), Milinkovich-Savich (Parolo, 15), Leyva, Immobile.
Ogohlantirishlar: Luis Felipe (37), Musakko (70), Kaysedo (78), Bakayoko (79).
Dastlabki o‘yin: 0:0
25 aprel
23:45. Atalanta – Fiorentina











