Manbaning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident Karter yakshanba maktabida Tramp o‘ziga qo‘ng‘iroq qilgani va ular Xitoy haqida gaplashishgani haqida aytib o‘tgan.

«Karter Tramp Xitoy bizdan oldinda ekanidan tashvishdaligi haqida aytib berdi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi manba.

Bundan tashqari, Karterning ta'kidlashicha, bu Tramp bilan ularning birinchi suhbati bo‘lgan.

Bundan oldin, Jimmi Karter Trampga yordam berish uchun KXDRga borishga tayyor ekani xabar berilgandi.