Falastinliklar Isroildan butun G‘arbiy qirg‘oqni Sharqiy Quddus bilan birgalikda qaytarishni talab qilishmoqda. Jahon hamjamiyati ularning bu talabini qo‘llab-quvvatlamoqda.

"Men Quddusni bo‘lishmayman, birorta ham maskanni buzdirmayman, Iordan daryosining g‘arbidagi yerlar ustidan nazoratni saqlab qolishimiz uchun harakat qilaman. Keyingi bosqichga o‘tamizmi? Ha, men bu maskanlar ustidan Isroil suverenitetini qabul qilmoqchiman", - deya Netanyaxudan iqtibos keltiradi Isroil televideniyesining 12-kanali.

1967 yilda bosib olingan va keyinchalik qo‘shib olingan Jo‘lan tepaliklari va Sharqiy Quddusdan farqli o‘laroq, Isroil yuz minglab yahudiylar yashaydigan G‘arbiy qirg‘oqdagi maskanlar ustidan o‘z suverenitetini joriy etmagan.