Mudofaa vazirligi sport klubining jahondagi nufuzli sport musobaqalarida yurtimiz sha'nini munosib himoya qilib kelayotgan harbiy xizmatchilari Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan 30-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olib, ularga turli yoshdagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan kitoblar jamlanmasi, sport anjomlarini esdalik sovg‘a sifatida ulashdi.


– Uchrashuvimiz bolajonlarda katta taassurot qoldirganidan mamnun bo‘ldik, – deydi Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpia o‘yinlari g‘olibi va rekordchisi, leytenant Ruslan Nuriddinov. – Ularda kitob mutolaasiga qiziqishini, sport bilan muntazam shug‘ullanishni maqsad qilganini eshitib, ikki hissa shodlandik.

Bolajonlarning Vatan madhi, ota-ona, do‘stlik va sevgi-sadoqat haqida o‘qigan she'rlari chempionlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Yakunda bolajonlar o‘zlari muxlislik qiladigan sevimli sportchilari bilan esdalik uchun suratga tushishdi.












