TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda MGIMO bitiruvchilarining V Forumini 17-19 may kunlari Toshkent shahrida tashkil etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Tadbirda institutning sobiq talabalari – turli mamlakatlardan davlat tashkilotlari, biznes, fan va madaniyat vakillari ishtirok etadi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda kelgusi o‘quv yilidan magistratura va bakalavr dasturlari bo‘yicha ta'lim olib boriladigan MGIMO filialining to‘liq faoliyatini boshlashga tayyorgarlik jarayoni ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.











