«Murabbiylikni to‘xtataman. Xotinim 22 yil burun menga butun dunyo bo‘ylab hamrohlik qilish maqsadida ishdan qolgan edi. Men unga 55 yoshda nafaqaga chiqishimni aytdim. Hozir 65 yoshga kirdim. Boshqa ishlay olmayman.

Xotinim ham men bilan birga yashash huquqiga ega. Hozir u juda baxtiyor», – deb Van Gaal so‘zlarini keltirmoqda AS.

Mutaxassis faoliyati davomida «Ayaks», «Barselona», Gollandiya terma jamoasi, «AZ Alkmaar», «Bavariya» va «Manchester Yunayted»ni boshqargan. U 2016 yil yozidan beri ishsiz yuribdi.