1. Qo‘l bilan o‘ynashga cheklov kuchaydi. Endi futbolchi gol urayotgan yoki darvozaga yo‘naltirilgan to‘pni qaytarayotgan vaziyatda to‘pni qo‘l bilan o‘ynamoqchi bo‘lgandek chalg‘ituvchi harakat qilishi ham qoida buzilishi deb baholanadi;
2. Endi zaxiraga olingan futbolchi maydonning xohlagan yeridan chiqib ketishi mumkin;
3. Murabbiy va rasmiy shaxslarga kartochka ko‘rsatish tartibi konkretlashdi;
4. Penalti vaqtida darvozabonlarga qulaylik paydo bo‘ldi. Endi darvozabon penalti vaqtida bitta oyog‘ini chiziqda ushlab tursa kifoya;
5. Jarima zarbasi vaqtida hujum qilayotgan jamoa «jonli devor»ga o‘z futbolchisini qo‘ya olmaydi.








