Bosh Assambleya kun tartibida belgilanishicha, unda Jakarta-2018 yozgi Osiyo o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi tayyorlagan yakuniy hisobot taqdim etiladi. Shuningdek, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari, Pekin-2022 qishki Olimpiadasi taqdimoti ham namoyish etiladi; «Olimpiya birdamligi» loyihasi bo‘yicha yangiliklar ma'lum qilinadi.

Shu bilan birga, Bosh Assambleya yig‘ilishida 2019-2022 yillar uchun OOK rahbariyati, Ijroiya Qo‘mitasi va doimiy komissiyalarining yangi tarkibi ham saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha OOK prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh Toshkentga kelgan, u bilan O‘zbekistonning 2030 yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi masalasi muhokama qilingan edi.