Shuningdek, gazetadan ta'kidlashlaricha, Zimbabve «aslida» yangi valutani joriy qilmoqda. Markaziy bank rahbari Jon Mangudyaning aniqlik kiritishicha, elektron dollarlar hamda surrogat valuta RTGS (Real Time Gross Settlement, «Real vaqtda yalpi hisob-kitoblar») deb nomlanadi va yangi banklararo valuta bozorida sotiladi.

Mangudyaning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Zimbabveda AQSh dollari tugab borayotgani bilan bog‘liq, ular qora bozorda 300-400 foiz farq bilan sotilmoqda.