Kompaniya o‘z mahsulotini “bunday kuchli batareyali dunyodagi ilk smartfon” deb ta'riflagan.

Batareyaning to‘liq zaryadi 100 soat beto‘xtov musiqa tinglash va 2 kun video ko‘rishga yetishi kerak. 

Shuningdek, smartfon energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon quvvati gadjetdan odatiy foydalanishda bir haftaga yetishi ko‘zda tutilgan. 

Smartfon 16+2 Mpli old qo‘sh kameraga, 12+5+2 Mpli orqa uch kameraga ega. Qurilma MediaTek Helio P70 protsessorida ishlaydi.