Bunday ko‘p sondagi nomzodlar mukofot tarixidagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Rekord sondagi nomzodlar 2016 yilda ilgari surilgan, o‘shanda mukofotni olishga 376 nomzod imkoniyat olgan.
Qoidalarga ko‘ra, da'vogarlar ismi ham, ularni tanlab oluvchi qo‘mita a'zolari ismi ham 50 yil davomida oshkor qilinmaydi.
2018 yilda tinchlik uchun Nobel mukofotini kongolik jarroh Deni Mukvege va iroqlik huquq himoyachisi, IShIDning sobiq asirasi Nadya Murod olgan.
Olim Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra, tinchlik uchun mukofot “xalqlarning birlashuvi va amaldagi armiyalar sonining kamayishi, tinchlik kongresslarini o‘tkazish va ularga e'tibor qaratish uchun boshqalardan ko‘proq hissa qo‘shgan va muvaffaqiyatga erishgan shaxsga” beriladi. Tinchlik uchun Nobel mukofoti 99 marta berilgan, uni 133 kishi olgan.
2018 yilda mukofot puli 9 mln kronni (1,02 mln dollar) tashkil qilgan. Ushbu mukofot egalari odatda olingan pullarni xayriya ishlariga sarflashadi. Mukofot Oslodagi ratushada dekabrda bo‘lib o‘tadi. Marosimda Norvegiya hukumati a'zolari va qirollik oilasi ishtirok etadi.











