Buzzfeed News va Mashable nashri jurnalistlari rekordchi world_record_egg tuxum akkauntini yaratgan inson kimligini aniqlashdi.
U Londondagi the & partnership marketing agentligi xodimi Kris Godfri ekanligi oshkor bo‘ldi. Godfri ushbu marketing agentligida art-direktor bo‘lib ishlaydi. Marketing mutaxassisi boshqa yirik brendlar bilan ham hamkorlikda ishlagan. Ular orasida Google va Lexus kompaniyalari bor.
Ko‘p yillik tajriba Krisga rekordchi tuxum ortidan qancha daromad olib kelgani aniq emas, world_record_egg esa AQShdagi Superboul musobaqasi uchun Hulu translatsiyasi reklamasi sifatida xizmat qilgan.











