AQShning Frisko shahrida o‘tgan jang 12 raund davom etdi va hakamlar bir ovozdan 35 yoshli Kovalyovning g‘alabasini e'lon qilishdi (116-112, 116-112, 120-108).

Shu tariqa, rossiyalik bokschi kolumbiyalik raqibidan 2018 yilning avgustidagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Qayd etish kerakki, Kovalyov o‘tgan yilning 4 avgustida o‘tgan jangning 7-raundida texnik nokaut tufayli mag‘lub bo‘lgach, uning murabbiyi, o‘zbekistonlik Abror Tursunpo‘latov shogirdi professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida aytgandi.

Bugungi jangga qadar Alvares professional ringda yutqazmagandi (24 jang, 24 g‘alaba, shundan 12tasi nokaut bilan). Kovalyov esa professional ringdagi faoliyati davomida 37 bor jangga chiqib, 33tasida g‘alabaga erishgan (shundan 28tasida nokaut bilan). U uch marta mag‘lub bo‘lgan, yana bir jang durang natija bilan tugagan.