La Ligada «Ueska» «Valyadolid»ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi. Fransiya birinchi divizionida ham xuddi shunday – mezbonlarning mehmonlar ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonishi «Lill»–«Nitssa» uchrashuvida kuzatildi. Bundesligada esa «Leypsig» «Hannover» safaridan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi.

Ispaniya chempionati, 22-tur
Ueska – Valyadolid 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 19 Galego, 2:0 – 50 Pulido, 3:0 – 53 Gomes, 4:0 – 77 Avila.

Germaniya chempionati, 20-tur
Hannover – RB Leypsig 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 45, penalti Xalstenberg, 0:2 – 64 Orban, 0:3 – 85 Orban.

Fransiya chempionati, 23-tur
Lill – Nitssa 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 7 Rafael Leau, 2:0 – 37 Pepe, 3:0 – 75 Bamba, 4:0 – 90 Remi.
Lill – Menyan, Chelik, Fonte, Sumaoro, Kone (Pe, 84), Tiago Mendes, Sheka, Pepe, Ikone (Luis Araujo, 78), Bamba, Rafael Leau (Remi, 73).
Chetlatish: Le-Melu (89, Nitssa).