2018 yilda Xitoyda 97 startap shunday maqom olgan, ularning umumiy bahosi 1,2 trillion yuan (178 milliard dollar)ni tashkil qiladi. Mamlakatda 1 milliard dollardan ortiq ko‘rsatkichni qayd etgan jami 186 kompaniya mavjud.
Ularning soni eng ko‘p internet-servislar orasida o‘sgan — bu yo‘nalishdagi 45 startap 1 milliard dollar ko‘rsatkichiga yetgan. Bundan tashqari, elektron kommersiya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishidagi tashkilotlar ham bor.
Yangi "milliardchilar" ro‘yxatida 50 milliard yuan (7,4 milliard dollar) ko‘rsatkich bilan mayning jihozlari ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Bitmain kompaniyasi yetakchilik qildi.











