Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ilon O‘zbekiston bilan chegaradagi Jyeke-Miste qishlog‘ida, Farg‘ona kanalining yonidan topilgan.

Qishloq veterinari Mamatrayim Tojiboyevning ta'kidlanishicha, bo‘g‘ma ilon, katta ehtimol bilan, qo‘shni davlatdan kanal orqali suzib kelgan.

«Ikki kun oldin qishloqdagi yigitlar suvdan o‘lik bo‘g‘ma ilonni topishdi, uning uzunligi 3 metr, eni - 15-20 santimetr bo‘lgan. Ehtimol, O‘zbekistonda kimdir ilonlar boqadi, ulardan biri nobud bo‘lganida esa, uni kanalga tashlab yuborgan», - dedi veterinar.

Ilonni tutgan shaxslar izoh berishdan bosh tortgan.