Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, sut O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga kiritildi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror sut sanoatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish hamda sutni qayta ishlash korxonalarining fermer xo‘jaliklari bilan kooperatsiyasini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ro‘yxatdan 9 turdagi mahsulot go‘sht (mol, qo‘y, tovuq go‘shti), shuningdek hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularning so‘yilgan mahsulotlari, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch, shakar, non o‘rin olgan edi.











