“Uning jasurligi va kuchliligi butun dunyo bo‘ylab xodimlarimizni ilhomlantirdi”, deb aytgan kompaniya rahbari Jim Sni.
Kompaniya pullarni trast fondiga qizcha nomiga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
2018 yil oktyabrda qizning ota-onasi o‘ldirilib, uning o‘zini o‘g‘irlab ketishgan. Qizcha 88 kundan keyin qochishga muvaffaq bo‘lgan. Uni o‘g‘irlagan 21 yoshli Jyeyk Patterson hibsga olingan. Jinoyatchining aytishicha, u qizchani ko‘chada ko‘rgach o‘g‘irlashga qaror qilgan.
Qiz haqidagi ma'lumot uchun Hormel Foods’dan 25 ming dollar va FQBdan yana shuncha, jami 50 ming dollar mukofot puli tayinlangan. FQB va'da qilgan pullar kimgadir berilishi noma'lumligicha qolgan.











