Eldor Shomurodovning 40-daqiqada urgan golidan so‘ng, hisobda oldinga chiqib olgan futbolchilarimiz g‘alabani ushlab qola olishmadi. Yaponiyaliklar 43-daqiqada hisobni tenglashtirib, 58-daqiqada g‘alaba keltiruvchi golni urishdi.

Bu mag‘lubiyat natijasida terma jamoamiz guruhda g‘olib bo‘lish imkoniyatini boy berdi. Yaponiya 9 ochko bilan birinchi, O‘zbekiston 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Endi O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda Avstraliya bilan o‘ynaydi.