Sohib Saifnazarov 2017 yilning avgust oyidan shu kungacha Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. U muqaddam «Angren» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bundan oldinroq, Ravshan G‘ulomov Iqtisodiyot va sanoat vaziri  Botir Xo‘jayevga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangani xabar qilingandi.