Qarorga ko‘ra, Gulen harakatiga tegishli bo‘lgan Pokistondagi barcha maktablar Turkiya “Maorif” davlat fondi ixtiyoriga beriladi.

2016 yil 15 iyulda Turkiyada bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringandi. Anqara ushbu davlat to‘ntarishini tayyorlashda AQShda yashab kelayotgan Fathulloh Gulen va uning FETO tashkilotini ayblamoqda hamda uni Turkiyaga berishni so‘ramoqda.