«Yuventus» klubi va himoyachi Aleks Sandro hamkorlikni uzaytirishdi.

Braziliyalik futbolchi «oq-qoralar» bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi.

27 yoshli Aleks Sandro 2015 yildan beri «Yuventus» sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda u 14ta o‘yin o‘tkazib, 2ta golga hammualliflik qilgan.