Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov payshanba kuni universitetning kuzatuv va vasiylik kengashi qo‘shma yig‘ilishida ma'lum qildi, deya xabar beradi TASS.

«MGIMO xorijdagi o‘z pozitsiyasini mustahkamlamoqda, - deya qayd etib o‘tdi vazir. - MGIMO Ozarbayjon va O‘zbekiston bilan birgalikda o‘z filiallarini tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda».

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda universitet nizomiga Ozarboyjon hamda O‘zbekistonda filiallar ochish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.