«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt «Yuventus» va «Barselona» klublari unga befarq qaramayotganiga munosabat bildirdi.

«Italiya – yuqori darajadagi chempionatga ega mamlakat. Lekin men hozir «Ayaks» safida Niderlandiya chempionligi uchun kurashyapman. Biz Chempionlar ligasida ham qatnashyapmiz.

Ronaldu bilan «Yuventus»da yoki Messi bilan «Barselona»da to‘p surishdan qay birini tanlayman? Men «Ayaks»da Hakim Ziyosh bilan o‘ynashni afzal bilaman», - degan de Ligtning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Janluka di Martsio.

Foto: Getty Images

Eslatib o‘tamiz, amsterdamliklarning 19 yoshli sardori kecha «Golden Boy» mukofoti sohibi bo‘ldi. U ushbu mavsum Erediviziyaning 15 o‘yinida maydonga tushib, ikkita golga assistentlik qilgan.