Ta'kidlanishicha, ushbu so‘z bo‘yicha qidiruv so‘rovlarining soni 2017 yil bilan taqqoslaganda 74 foizga ko‘paydi.

«Adolat konsepsiyasi yakuniga yetib borayotgan yilda ko‘plab muhokamalarimizning markazida bo‘ldi: irqiy adolat, ijtimoiy adolat, jinoiy, iqtisodiy adolat», - deyiladi lug‘at izohida.

Bundan tashqari, eng mashhur 10ta so‘z ro‘yxatidan «millatchilik», «belgi» va boshqalar joy oldi.

2017 yilda Merriam-Webster versiyasiga ko‘ra «feminizm» yil so‘ziga aylangan edi.