Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Aripov O‘shda Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev bilan uchrashadi.

«O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev raisligida 2018 yilning 18 dekabr kuni O‘sh shahrida O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg‘iziston Hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi», deyilgan xabarda.

O‘zbekiston chegaradosh viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 5-6 sentabr kunlari Bishkekka amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar bilan tashkil etilgan.

Ushbu kengashning birinchi yig‘ilishi 2018 yilning 29-30 mart kunlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgandi.