Xabar qilinishicha, gumonlanuvchilar orasida to‘rt nafar polkovnik ham bor. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiylarni hibsga olish bo‘yicha operatsiyani boshlab yuborishgan.

Turkiyada FETO tashkilotiga aloqadorlikda ayblanib minglab kishilar sudlandi, o‘n minglab kishilar davlat idoralaridagi ishidan chetlashtirildi. Ularning aksariyatini ofitserlar, OAV vakillari, tadbirkorlar tashkil etadi.