Advokatning o‘zi avvalroq moliyaviy qoidabuzarliklar, soliq firibgarliklari sodir etish va AQSh kongressiga yolg‘on ko‘rsatmalar berishdagi aybini tan olgan.

Koen sud yig‘ilishida Tramp uni “yovuzlik yo‘lidan borishga” majbur qilganini va Trampga sodiqligi uning zaif tomoni bo‘lganini aytgan.

“Men ko‘chmas mulk kompaniyasiga ishlash taklifini olib xato qilganman. Tramp meni tvitterda “zaif” deb atadi va u haq bo‘lgan, biroq mening zaifligim qalbim amrini eshitmay, uning ishlarini yashirish majburiyatim deb o‘ylaganim bo‘lgan”, deb aytgan Koen so‘nggi so‘zida va ko‘ziga yosh olgan.

“Men AQSh xalqi oldida uzr so‘rayman – u haqiqatni bilishga loyiq”, deb qo‘shimcha qilgan Koen.