Gretsiyaning «Olimpiakos» klubi va yarimhimoyachi Yahyo Ture o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishdi.
Ivuarlik 35 yoshli futbolchi Pirey shahri klubiga 2018 yil sentabr oyida o‘tgan edi. Shu vaqtgacha u atigi 5ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Yahyo Ture faoliyatining asosiy qismini «Manchester Siti» klubida o‘tkazgan va 2018 yil yozida jamoani tark etgan edi.











