XMT delegatsiyasining tashrifi dasturidan hukumat, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Bosh direktor Gay Rayder Toshkentda «Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida munosib bandlikni ta'minlash: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi» mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ham ishtirok etadi.











