Sanches TVE davlat televideniyesiga intervyuda islohotlar qirol daxlsizligi, ya'ni konstitutsiyaning 56-moddasi (“Qirol shaxsi daxlsizdir va javobgarlikka tortilmaydi”) bekor qilinishini o‘z ichiga olishi kerakligini aytgan.  

Bosh vazirning aytishicha, qirolning o‘zi ham bu modda bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Sanchesning ta'kidlashicha, hozir konstitutsiyaga faqatgina muayyan o‘zgarishlar kiritilishi mumkin, uning chuqurroq isloh qilinishining hozircha imkoni yo‘q va kelgusi avlodlar zimmasiga qoladi.

Ayni vaqtda o‘zgarishlar sog‘liqni saqlash, jinslar tengligi, atrof-muhit, evtanaziyaning qonuniylashtirilishi masalalariga taalluqli bo‘lishi mumkin.