Unda 300 nafar ko‘zi ojiz hamda eshitish va gapirish imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston kar-soqovlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatning to‘laqonli a'zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilayotgani, buni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonning imzolangani misolida ham ko‘rish mumkinligi ta'kidlandi.

Ushbu farmonda avvallari nogironlarni kamsitish sifatida ishlatilgan “nogiron” so‘zi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” iborasining qo‘llanilishi belgilangani O‘zbekistonda inson omiliga bo‘lgan yuksak e'tiborning natijasi ekani qayd etildi.