Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan ushbu sportchi 7 dekabr kuni (Toshkentda 8 dekabr tongida) Las-Vegasda amerikalik Jonatan Stilga qarshi bahs olib boradi.
Ma'lumot uchun, Sanjarbek Rahmonov shu kungacha professional boksda 12ta jang o‘tkazgan. U janglarining 10tasida g‘alaba qozongan (5tasi nokaut bilan). Bir jangda durangga erishgan bo‘lsa yana bir martasida mag‘lubiyatga uchragan. U oxirgi marta shu yilning avgust oyi boshida amerikalik Markus Taylorga qarshi jang qilib, yutqazib qo‘ygandi.
Uning raqibi Jonatan Stil esa bungacha professional ringda 10 marta ringga ko‘tarilgan. U janglarining 8tasini g‘alaba bilan tugatgan (6tasi nokaut). Shuningdek, 1 marotabadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.











