Odatda, xususiy sarmoyadorlar «kosmik texnologiyalar o‘z ishiga bilvosita bog‘liq», deb hisoblaydilar.

Biroq, Morgan Stanley bunday loyihalarga e'tibor qaratishni tavsiya qilmoqda: keyingi oyda bank investorlar uchun «kosmik sammit» o‘tkazadi.

Eng istiqbolli kosmik kompaniyalar ro‘yxatiga bank Ilon Maskning SpaceX va Jyeff Bezosning Blue Origin shirkatlarini qo‘shdi.

Bundan tashqari, Morgan Stanley kosmik startaplarga e'tibor qaratishni maslahat beradi: Vector, Virgin Orbit, Rocket Lab va boshqalar.

2040 yilga borib, kosmik loyihalar bozori hajmi 1 trln dollardan oshadi, deb taxmin qilishmoqda tahlilchilar. SpaceX o‘sha vaqtga kelib Internet sun'iy yo‘ldoshlar tizimini ishga tushirish orqali bozordagi qiymatini ikki yoki uch barobarga oshirishi mumkin.