Ayblov vakili, prokuror Sheril Tesh ushbu ish bo‘yicha yig‘ilishda politsiyada ayblanuvchiga qarshi dalillar yetarlicha ekanini ma'lum qilgan. “Bizda qulupnay solingan idishda Mi Ut Chin DNKsi izlari bo‘lgan ikkita igna va guvohlar ko‘rsatmalari bor”, deb aytgan prokuror. Biroq sudya ayblanuvchi tomonidan jinoyatning takrorlanishi xavfini past deb baholab, uni qulupnay fermalari ishchilari bilan aloqa qilmaslik va bir haftada uch marta politsiyaga kelishi sharti bilan garov puli evaziga ozod qilishga qaror qilgan.

Ushbu ish bo‘yicha keyingi yig‘ilish 17 dekabrga belgilangan.

Mi Ut Chin 11 noyabrda hibsga olingandi va keyingi kuniyoq mahsulotlarni ataylab buzish ayblovi bo‘yicha sud oldida javob bera boshlagan.