Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- Turistik faoliyatga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
- Respublikaning barcha hududlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
- Transport infratuzilmasini rivojlantirish, tashqi va ichki transport yo‘nalishlarini kengaytirish, transportda taqdim etiladigan xizmatlar sifatini oshirish;
- Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi yo‘lovchi tashuvlar tizimini rivojlantirish;
- Turistik bozorning turli segmentlariga yo‘naltirilgan turistik mahsulot va xizmatlar diversifikatsiyasi;
- Ichki turizmni rivojlantirish;
- Xalqaro va ichki turistik bozorlarda O‘zbekistonning turistik mahsulotlarini targ‘ib qilish;
- Turizm sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Loyihaga ko‘ra, Kontseptsiya yetti bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri alohida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishini ko‘zda tutadi.
Hujjatning to‘liq matni bilan quyida tanishib, soha rivoji uchun xizmat qiluvchi fikr va takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.











