Ushbu holat videosida qirol AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp bilan bir qatorda yonma-yon o‘tirganini, biroq AQSh birinchi xonimi yonida mudrab qolgan qirolga e'tibor bermayotganini ko‘rish mumkin. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp buni shunday qoldirmagan, u qirolga norozi qiyofada boqayotganini ko‘rish mumkin. 

Ushbu vaziyat yuzasidan internetda ko‘plab hazil-mutoyibalar ham qilishga ulgurildi. 

Yelisey saroyi esa Marokash qirolining bu “erkaligiga” hech qanday munosabat bildirmagan. 

Parijda o‘tgan tadbirda 50 dan ko‘proq davlat yetakchilari to‘planishgan.