Vazirlik ma'lumotnomasida «​so‘rvnoma o‘tkazishdan maqsad – mahalliy eksportyor korxonalarga metodologik va amaliy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish»​, deyiladi. So‘rovnomada 2018 yil 15 noyabrga qadar vazirlikning rasmiy sayti – www.mft.uz «Marketing» bo‘limidagi havola orqali (to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi havola) ishtirok etish mumkin.

So‘rovnomada 7ta savol qo‘yilgan bo‘lib, respondentlar tadbirkorlik faoliyati va muhitida mavjud sharoitdan kelib chiqib javob berishi so‘raladi.