Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda sportchi chempionatga tayyorgarlik qo‘rmoqda.
Chusovitina kurash olib boradigan tayanib sakrash musobaqasi 27-28 oktabr kunlari, final bosqichlari esa 2 noyabrda o‘tadi. Chempionatning o‘zi 3 noyabrgacha davom etadi.
Chusovitina 1992 yilgi Olimpiya chempioni, 3 karra jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari chempioni hisoblanadi. Sportchi 7 ta Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. Chusovitina Sport gimnastikasi shon-shuhrat zaliga nomi kiritilgan tarixdagi ilk amaldagi sportchi hisoblanadi.











