Payshanba kuni Bishkekning Pervomayskiy tumani sudi Ilmiyanovni hibsga olish to‘g‘risida sirtdan qaror chiqargandi. U prezident apparati rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, jamoatchilik noroziligidan so‘ng prezident maslahatchisi etib tayinlangandi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Ilmiyanov 150 ming dollar miqdorida pora olishda gumonlanib qidiruvga berilgandi.
Mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi hozircha mazkur ma'lumot bo‘yicha izoh bermadi.
Atambayev o‘tgan yil oxirida prezidentlik lavozimini tark etgan, uning o‘rniga Sooronbay Jeenbekov prezident etib saylangandi.











