Nurmagomedov 6 oktabrda Las-Vegasda o‘tgan jangda Makgregorni mag‘lub etib, UFC chempioni unvonini himoya qilgandi.
Xabib va Konor o‘rtasida revansh jang bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga Xabibning amakisi rad javobini bergan.
“Konor Xabibga qiziqmas. Xabib u bilan hech qanday pulga jang qilmaydi. Unga revansh jang taklif qilinmoqda. Uning roziligi uchun 15 mln dollar taklif qilishdi. Biroq Xabib “yo‘q” deb javob qildi. Konor jang qilishga navbatga tursin, boshqalar bilan urishib ko‘rsin. Xabib esa Fergyuson (Toni) bilan jang qilib, so‘ngra faoliyatini yakunlamoqchi”, deb aytgan Aleks Nurmagomedov.












