«U Habibga qiziq emas. U hech qanday pul uchun u bilan jang qilmaydi. Ha, men ular unga revansh taklif qilishayotganini bilaman. Ular boshlanishidayoq 15 millionlik taklif bilan chiqishdi. Lekin Habib «yo‘q» dedi. Konor navbatga tursin, boshqalar bilan jang qilsin. Habib esa Fergyuson bilan jang qilishni istaydi, keyin o‘z faoliyatini tugatmoqchi», - deya Aleks Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».

6 oktabrda o‘tkazilgan jangida Nurmagomedov to‘rtinchi raundda Makgregorni mag‘lubiyatga uchratib, yengil vaznda UFC chempioni kamarini himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 50 Cent Habib Nurmagomedovga 2 mln dollar taklif qilgandi.