Ikki kompaniya bu muammo bilan mustaqil ravishda anchadan beri shug‘ullanib kelgani sababli, ular dastlab bu sohadagi o‘zaro ma'lumotlar bilan bo‘lishishadi.
Mini-AESlar an'anaviy atom stansiyalaridan taxminan 10 marta arzonroq turishi ko‘zda tutilmoqda. Ularni energiyaning arzon manbasi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanoat majmualarida xavfsizlik darajasini oshirish uchun yer ostida joylashtirish mumkin bo‘ladi.
Bunday qurilmalarning taklif qilinishi bugungi kunda AESlardan voz kechish tendensiyasini yengib o‘tishda yordam berishi ko‘zda tutilmoqda. Nikkei yapon nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda dunyo bo‘yicha atom energetikasiga investitsiyalar 2016 yildagiga nisbatan 45 foizga kamayib ketgan.











