Musiqachi UFC 229 musobaqasida Konor Makgregor ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng yuz bergan mushtlashuv sababli rossiyalikka gonorar to‘lamayotgan UFC rahbariyatining xatti-harakatlarini qoralab chiqdi. 50 cent so‘zlariga ko‘ra, u Bellator’ga o‘tishi uchun Habibga pul to‘lashga tayyor.

«UFC’ning Habibga nisbatan ko‘rsatayotgan munosabati - noto‘g‘ri, chunki ular Konor bilan ham xuddi shu ishni qilishmadi. Agar Habib men uchun Bellator’da jang qilsa, bugunning o‘zidayoq 2 million dollar naqd pul to‘layman», - deya yozgan rep ijrochi tvitterda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov o‘ziga kelib tushgan taklif haqida ma'lum qilgandi.