
Shuningdek, tahlillarga ko‘ra viloyat hududida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarini aksariyati haydovchilarni belgilangan tezlikni me'yoridan oshirib harakatlanishlari natijasida kelib chiqayotganligini inobatga olingan holda viloyat hokimligi tomonidan avtomobil yo‘llarida nazorat olib borish uchun 4 dona zamonaviy tezlikni o‘lchash moslamalari olib kelinishi rejalashtirilgan edi.

2018 yil 29 sentabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Po‘lat Bobojonov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyevlar tomonidan Qashqadaryo viloyati IIV YHXB YPX xodimlariga 2 dona zamonaviy “Captiva” rusumli patrul avtomobillari hamda 1 dona “Avtokon” rusumli onlayn tarzda ishlovchi fotoradar moslamasi tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Taqdim qilingan zamonaviy YPX patrul avtomobilllari va tezlikni o‘lchash moslamalaridan kelgusida viloyat hududidagi avtomobil yo‘llarida harakatlanish hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga og‘ishmasdan rioya etishlarini nazorat qilish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan.
“Avtokon” rusumli zamonaviy onlayn tarzda ishlovchi fotoradar moslamasida belgilangan tezlikni me'yoridan oshirib qoidabuzarlik qayd etilgach, qoidabuzarlik yuzasidan MJtKning tegishli moddasiga asosan belgilangan jarima to‘g‘risidagi qaror avtomatik tarzda transport vositasining egasining yashash manziliga yuboriladi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri









