2023 yilning 14 fevral kuni taxminan soat 16:00 larda Beltepa mahallasi 32-B uy qarshisida 1968 yilda tug‘ilgan haydovchi "Kaptiva" rusumli avtomashinasida orqaga harakatlanayotib, voyaga yetmagan, 2021 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan

Yo‘l-transport hodisasi natijasida bola olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.