Qayd etilishicha, 2017 yilda o‘lim holatlariga sabablar umumiy tuzilmasida birinchi o‘rinni qon aylanish tizimi kasalliklari egallagan - 59,7 foiz. Ularning asosiy sabablari - yurak ishemiya kasalligi, arterial gipertoniya va asoratlari (miokard infarkti, miya insulti va boshqalar). Keyingi pog‘onadan salbiy o‘simtalar (9,4 foiz), nafas olish organlari kasalliklari (5,0 foiz) hamda qandli diabet (3,5 foiz) joy oldi.

2014 yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot aholining uchdan ikki qismi yetarli miqdorda sabzavotlar va mevalar iste'mol qilmasligini ko‘rsatgan. Aholining yarmi ortiqcha vaznga ega. Yoshi katta fuqaroning har beshinchisida semizlik aniqlangan, aholining 46,3 foizida qondagi xolesterin darajasi yuqori bo‘lgan.